Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ipotekabank» xodimida koronavirus aniqlandi

«Ipotekabank» xodimida koronavirus aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yil 24-may kuni respublika «Ipotekabank» bosh boshqarmasi xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lumotlarga qaraganda, kasallikka chalingan fuqaro yaqin 20 kun ichida o‘zi va oila a’zolari mehmonga bormagan, qo‘ni-qo‘shnilarnikiga ham chiqmagan. Uning yashash manzili bo‘yicha muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolari belgilangan tartibda karantinga olindi. Qo‘shimcha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Bemor bilan muloqotda bo‘lgan hamkasblari ham belgilangan tartibda 14 kunlik karantin nazoratiga olingan. Qolgan xodimlar esa yashash manzillari bo‘yicha tibbiy nazoratga olindi. Barcha muloqotda bo‘lganlardan laborator tahlil uchun namunalar olingan.

Bank binosida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya epidemiologik osoyishtaligi agentligi mutaxassislari tomonidan zararsizlantirish ishlari o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring