Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Italiya va Fransiya koronavirusga qarshi 400 million doza vaksinaga buyurtma berdi

Italiya va Fransiya koronavirusga qarshi 400 million doza vaksinaga buyurtma berdi

Foto: «Gtrkpskov.ru»

Italiya, Germaniya, Fransiya va Niderlandiya sog‘liqni saqlash vazirlari Angliya-Shvetsiyaning «Astrazeneca» farmatsevtika kompaniyasi bilan koronavirusga qarshi 400 million doza vaksina ishlab chiqarishga shartnoma imzolashdi, dedi Italiya sog‘liqni saqlash vaziri Roberto Speransa.

Uning aytishicha, vaksina «Yevropa aholisi uchun mo‘ljallangan».

«Rejaga ko‘ra, allaqachon rivojlangan bosqichda bo‘lgan eksperimental davr kuzda nihoyasiga yetadi, vaksinaning birinchi partiyasi yilning oxirigacha yetkaziladi», — deb yozadi Speransa «Facebook»da.

«RIA Novosti»ning yozishicha, nomzod-vaksina Oksford universiteti tadqiqotlari natijasida paydo bo‘ldi, uni ishlab chiqarishda, jumladan, Italiya ham ishtirok etadi.

«Bugungi kelishuv Italiya va Yevropa uchun istiqbolli qadam bo‘ldi. Vaksina COVID-19 ning yagona yechimi hisoblanadi», — dedi Speransa.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring