Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon banki O‘zbekistonga 200 million dollar ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonga 200 million dollar ajratdi

30 aprel kuni Jahon banki direktorlar kengashi O‘zbekistonga qo‘shimcha 200 million dollar ajratishni ma’qulladi.

Ushbu mablag‘lar koronavirus pandemiyasi (COVID-19) oqibatlarini bartaraf etish, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

«Jahon banki tomonidan taqdim etilayotgan qo‘shimcha mablag‘ O‘zbekiston hukumatining infeksiya tarqalishining oldini olish va uning oqibatlari va milliy iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan dasturini qo‘llab-quvvatlaydi», – dedi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring