Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoylik milliarder Jek Ma va futbolchi Odil Ahmedovning xayriya yuklari Toshkentga jo‘natildi

Xitoylik milliarder Jek Ma va futbolchi Odil Ahmedovning xayriya yuklari Toshkentga jo‘natildi

Arxiv foto

Bugun, 10-aprel kuni mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi hamda Shanxaydagi Bosh konsulligi shakllantirgan beg‘araz insonparvarlik yordami jo‘natmasi, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi xarid qilgan tibbiy uskunalar O‘zbekiston Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida Toshkentga jo‘natildi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Xitoydan olib kelingan qimmatli yuk tarkibida:

  • funksional tibbiy krovatlar;
  • o‘pkani sun’iy shamollatish uskunalari;
  • polimeraza zanjirli reaksiyasi qurilmalari;
  • bolalar va kattalar uchun niqoblar bilan ta’minlangan ambuqoplar;
  • raqamli rentgen diagnostika tizimlari;
  • exokardiografiya va tomir doplerlari uchun kardiologiya sensori bo‘lgan ultratovush apparatlari hamda chaqaloqlar uchun o‘pkani sun’iy shamollatish uskunalari;
  • bilirubinni teri orqali aniqlashga mo‘ljallangan jihozlar;
  • jarrohlik amaliyoti uchun mo‘ljallangan lampalar;
  • havo qabul qilish shkaflari,
  • jarrohlik amaliyoti stollari,
  • gidravlika bilan boshqariladigan stollar,
  • «ANDiS 350» tahlil uskunalari va boshqa tibbiy vositalar ham bor.

Shuningdek, «Alibaba Group» kompaniyasi va Jek Ma jamg‘armasi taqdim etgan nafas yo‘llarida ijobiy bosimni ta’minlaydigan 10 ta apparat, tadbirkor Gulbahor Tojimirzayeva, futbolchi Odil Ahmedovning tibbiy buyumlar ko‘rinishidagi xayriya yuklari ham ushbu samolyotda mamlakatimizga olib kelinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring