Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Karantindagi fransuz chekaman deb tog‘larda adashib qoldi

Karantindagi fransuz chekaman deb tog‘larda adashib qoldi

Foto: «Zen.yandex.ru»

Perpinyanda istiqomat qiluvchi fransuz koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin vaqtida sigareta olgani Ispaniyaga ketadi va Pireneyda adashib qoladi.

Fransiya chegara hududlarida istiqomat qiluvchi kashandalar sigaretani ko‘pincha Ispaniyadan xarid qilishadi. Chunki u yerda sigareta ancha arzon. Karantinga qaramay, fransuz tog‘ orqali piyoda yo‘lga chiqadi. Tog‘da yiqilib, maymunjon butalariga o‘ralib qolgach, yordam chaqirishga majbur bo‘ladi.

Kashandani qutqarish uchun vertolyot jalb etiladi. «Holdan toygan, sovuqdan titrayotgan erkakni chegara yaqinidan topdik», deydi politsiya. Endi u karantin qoidalarini buzgani uchun 135 yevro jarima to‘laydi.

Yevropa koronavirus pandemiyasi markazlaridan biriga aylandi. 627 mingdan ziyod yuqtirish holati qayd etildi, 46 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring