Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda aholi orasida yuzdan ziyod kasallanganlar aniqlandi

Toshkentda aholi orasida yuzdan ziyod kasallanganlar aniqlandi

2020-yil 16-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14991 (+204) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 44 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 126 nafari Toshkent shahrida (shundan 87 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 39 nafari aholi orasida), 34 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 8655 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 6263 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring