Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus sud ishlariga ham ta’sir o‘tkazdi

Koronavirus sud ishlariga ham ta’sir o‘tkazdi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga oliy mahkama matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi.  Unga ko‘ra,  Rayosatda «O‘zbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish to‘g‘risida»gi  qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, mazkur hujjatda sudlarda fuqarolarning shaxsiy qabuli, sayyor sud majlislari to‘xtatib turilishi, fuqarolarga hujjatlarni (sudlarga) faqat elektron shaklda yoki pochta orqali yuborish tavsiya etilgan. Bundan tashqari sudlar tomonidan faqat kechiktirib bo‘lmaydigan toifadagi ishlar ko‘rilishi alohida qayd etiladi.

Shuningdek, Rayosat qaroriga ko‘ra, barcha sudlar ishlarni texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda videokonferensaloqa rejimida ko‘rilishini tashkil etishi, sud majlisi ishtirokchilari bo‘lmagan shaxslarning sud binolariga kirishi qat’iyan man etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring