Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus  terrorizmga tenglashtirildimi?

Koronavirus  terrorizmga tenglashtirildimi?

Foto:«Zvezda»

Joriy yilning 11-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirus epidemiyasining tarqalishini rasman pandemiya deb tan oldi. Bugungi kunga qadar dunyoning turli mamlakatlarida 1 million 119 mingdan ortiq odam mazkur virus bilan kasallangan, 100 mingdan ortig‘i davolandi, 59,2 mingdan ko‘proq odam vafot etdi.

Bu raqamlar esa soat sayin o‘zgarmoqda.

Bugun deyarli barcha davlatlarda  virusning oldini olishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda.

Rossiya Fediratsiyasida karantin qoidalari buzilishini terrorizm va sabotaj bilan tenglashtirilmoqchi.

Dunyo hamjamiyatini qattiq karantin choralarini ko‘rishga nima majbur qildi?

Koronavirus AQShning yirik shtatlariga ham xavf soldi, virus tufayli Nyu-Yorkning sayyohlik markazlari mutlaqo bo‘shab qoldi. Bunday kimsasiz Tayms-skverni faqat ofat filmlarida ko‘rish mumkin edi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi paytda AQShda virus yuqtirganlar soni 277 mingga yaqinlashmoqda, 1,3 mingtasi ayni balo sababli vafot etgandi. Yaqin kunlarda «Westside»dagi eng yirik ko‘rgazma markazi AQSh prezidenti Donald Trampning buyrug‘i bilan «barak»lardan iborat kasalxonaga aylantiriladi. U yerda  bemorlar uchun 1000 dan ortiq joylar tashkil etish hamda tibbiyot uskunalari bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Angliyada hozirga qadar 60 ming nafar kishi testdan o‘tgan bo‘lib, ularning 6 ming nafarida virus aniqlangan,  560nafari esa  vafot etgan.

Davlatlar «uyda qolish» chorasi bilan kasallikka qarshi qanday kurashmoqda?

Italiyada ommaviy o‘limlar ko‘payib ketgani sababli kimda kim  sababsiz uyidan chiqsa, 5000 yevro jarimaga tortish  belgilandi.

Rossiya hukumati  barcha tungi klublar, kinoteatrlar va ko‘ngilochar markazlarni yopishni buyurdi, aks holda, keskin choralar ko‘rilishi bilan ogohlantirildi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining yangi qonun loyihasiga ko‘ra, qoidabuzarlarga, agar hech kim jabrlanmagan bo‘lsa, 500 mingdan 2 million rublgacha jarima solinadi. Agar kasallangan fuqaro tufayli boshqalarga ham virus yuqsa, jinoyatning og‘irligiga qarab 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Hindistonning bir yarim milliard aholisi davlatning kuchi bilan hech qanday istisnolarsiz to‘liq uyda o‘tiribdi. Tartibga rioya qilmayotgan fuqarolar esa politsiya tomonidan kuch va tayoq bilan uyga haydab kiritilmoqda. «Agar biz yigirma bir kunlik karantinda o‘tira olmasak, siz, sizning oilangiz va butun mamlakat 21 yil orqaga qaytib kolishimiz mumkin!»  -  deydi Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi.

Koronavirus tufayli 50 nafardan ko‘p insonni halok bo‘lganiga qaramay issiq Braziliya plyajlarida odamlarni haydash yanada qiyinlashmoqda, davlat shafqatsiz jazo choralari va vertolyotdan foydalanishga majbur bo‘lmoqda.

Italiyada esa hali ham keskin holat, odamlar uyda qolishni rad etishmoqda, bu yerda o‘lim darajasi ikki kunga kamayganidan so‘ng, ular soni yana bir kunda 743 kishidan oshib ketdi.

BAAning markaziy megapolislaridan biri bo‘lgan Dubayda politsiyachilar odamlarni dronlar yordamida uyga haydashmoqda va to‘planib turishlarni bas qilishni talab qilmoqda.

Germaniyada karantin qoidalarini buzganlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri qamoqqa olinmoqda.

Ko‘plab xalqaro tashkilotlar kabi BMT Xavfsizlik Kengashi o‘z yig‘ilishlarini videoaloqa shaklida o‘tkazishga o‘tdi.

JSST taxminlari qayerni ko‘zlamoqda?

JSSTning tahminlariga ko‘ra, inqiroz oxiriga qadare ng yuqori o‘lim ko‘rsatkichi AQShda bo‘ladi. Chunki, bu yerda kasallanganlar soni 277 minga yetdi. 18 yoshgacha bo‘lgan bemorning birinchi o‘limi ham aynan AQShda yuz bergani sabab endilikda  navqiron avlod salomatligi katta tashvishga aylanmoqda.

Los Anjeles hududi allaqachon karantinga yopilgan bo‘lib, u yerda virus sabab halok bo‘lganlar soni olti yuztadan oshib ketdi, ammo biznes ishlari davom etmoqda. Shtat meri Erik Garcyedi tadbirkorlarning barcha aloqa vositalarini uzib qo‘yishni va’da qilgan holda quyidagicha murojaat bilan chiqdi: «Agarda o‘rnatilgan karantin tartiblariga amal qilmaslik holatlari davom etsa, ma’muriy choralar qo‘llaniladi, kommunal xizmatlar, suv va elektr energiyasi o‘chiriladi. Men murojaat qilayotgan har bir kishi bilishi kerakki, siz o‘z ishlaringizni yopishingiz kerak, agar o‘zingiz yopmasangiz, biz sizni yopamiz!» 

Hozirda mazkur virusdan hatto dengizda ham saqlanib qolishning imkoni yo‘q. O‘tgan hafta davomida AQShning «Tia Dort Ruzvelt» nomli harbiy dengiz kemasi bortida xizmat qilayotgan 3 nafar dengizchida koronavirus borligi tasdiqlangan.

Bugun hech qaysi davlatga oson emas. COVID-19 sababli AQSh va Italiyada katta qulashlar, Ispaniyada hali ham og‘ir va dahshatli vaziyat, Rossiyada bir kunda 582 ta holat aniqlanib, kasallanganlar soni 4731 tadan oshishi, O‘zbekistonda esa kuniga o‘nlab kishlardan mazkur kasallikning aniqlanishi Hukumatning keskin choralarni ko‘rishga majbur qilmoqda.

Nega jazo choralarini kuchaytirishga zarur?

Hozirda barcha mamlakatlarning davlat rahbarlarini koronavirus pandemiyasi davrida qonun chiqaruvchi organlar ish faoliyatini qoniqarli olib borishi va qonunchilikni vaziyatga moslashtirish masalasi tashvishga solmoqda.

Afsuski, oramizda qoidalarga rioya qilmasdan ko‘chaga, shunchaki, aylanishga chiqayotganlar mavjud. Xususan, davlat rahbari : «...qancha ogohlantirish va tushuntirish ishlariga qaramay, joylarda karantin qoidalari buzilayotganini afsus»   bilan qayd etib o‘tdi.

Joriy yilning 3-aprel kuni esa Jizzax viloyatining Arnasoy tumanidagi 53 yoshlik vatandoshimiz 28 mart kuni harbiy xizmatni o‘tab qaytgan o‘g‘lining 24 nafar sinfdoshini yig‘ib ziyofat uyushtirgani aniqlandi.

Shuningdek, ba’zi davlatlardagi fuqarolar tomonidan kasallikni qasddan yuqtirish holatlari ham kuzatilmoqdaligi afsuslar bilan e’tirof etilmoqda.

Amerika qo‘shma shtatlarida qasddan yuqtirish holatlari oldini olish maqsadida koronavirus rasmiy ravishda terrorizmga tenglashtirildi.

«Koronavirusni boshqalarga yuqtirishni maqsad qilgan odamlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin, – deydi AQSh Bosh prokurorining o‘rinbosari Jeffri Rozen. – Chunki, bugun koronavirus «biologik agent»  nomli huquqiy ta’rifga mos kelmoqda... Bunday harakatlar esa terrorizm bilan bog‘liq bo‘lgan qonunbuzilishlarga olib kelishi mumkin» .

Ispaniya va boshqa davlatdan mart oyining 10, 23 kunlarida Rossiyaga qaytgan 2 nafar shifokor o‘zlarida mutlaqo kasallik alomatlari yo‘qligini aytib, o‘z yaqinlari bilan muloqotga kirishgan hamda ular tomonidan davolashga urinilgan yuzlab bemorlarni karantinga olinishiga sababchi bo‘lishdi.

Hozirda barcha OAVlarda «Uyda qoling!» mavzusidagi chelenjlar, chaqiriqlar bo‘lmoqda.  Ammo bizni aql ne’mati bilan siylagan  Yaratgan zakovatni ham ato etgan. Xulosa esa Sizdan...

Anvar  Rahmatov,
O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi qoshidagi
Yuristlar malakasini
oshirish markazi direktori

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring