Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: Turkiyada eng quyi ko‘rsatkich qayd etildi

Koronavirus: Turkiyada eng quyi ko‘rsatkich qayd etildi

Foto: «Civilnet.am»

Turkiyada o‘tgan bir kecha-kunduzda aniqlangan koronavirus holatlari soni 948 kishiga ko‘paydi, 28 kishi vafot etdi, deya ma’lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja.

Bu 25-martdan beri Turkiyada qayd etilgan eng quyi kunlik ko‘rsatkich hisoblanadi.

«Bugun 948 ta yangi holat aniqlandi, jami kasallanganlar soni — 158 762 kishi. 28 nafar bemordan ayrildik, jami vafot etganlar soni — 4397 kishi. 1492 nafar bemor tuzaldi, jami — 121 507 kishi», — deb yozadi Koja «Twitter»da.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring