Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus vaksinasini kimlarga qo‘llab bo‘lmasligi ochiqlandi

Koronavirus vaksinasini kimlarga qo‘llab bo‘lmasligi ochiqlandi

Foto:«Russia Today»

Koronavirus vaksinasi bilan kimlarni emlash mumkin emas? Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAdagi brifingda ushbu savolga javob berdi.

Bugungi kunda koronavirusga qarshi vaksina dolzarb hisoblanadi. Chunki ko‘plab mamlakatlarda vaksinalar ishlab chiqilgan va klinik sinovlarning uchinchi bosqichini o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Klinik sinovlarning ushbu bosqichi yakunlangandan so‘ng aholini emlash bosqichlari boshlanadi. Aholini ommaviy emlashda albatta vaksinaga qarshi ko‘rsatmalarni hisobga olish zarur.

Koronavirus vaksinasining qarshi ko‘rmatmalariga ko‘ra, uni kimlarga qo‘llash mumkin emas:

- Vaksina tarkibidagi moddalarga allergiyasi bo‘lgan kishilarga;

- Organik o‘zgarishlar bilan asab kasalliklari rivojlanishi bo‘lgan shaxslarga (miya falaji tashxisi, sudoroga sindromi, epilepsiya);

- Orttirilgan immuntanqislik sindromi (OIV — SPID) mavjud bemorlarga;

- Surunkali kasalliklar kuchayishi, kasallikning o‘tkir bosqichlari vaqtinchalik qarshi ko‘rsatmalar kasb etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring