Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus yuqtirganlar 34 mingdan oshdi, bir bemor olamdan o‘tdi

Koronavirus yuqtirganlar 34 mingdan oshdi, bir bemor olamdan o‘tdi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 14-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 34 017 (+196) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 194 nafari Toshkent shahrida hamda 2 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Yunusobod tumanida yashagan 59 yoshli S.M. (ayol) vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun yurtimizda 1448 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog‘ayganlar 28 661 nafarga (84 foiz) yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 5 135 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring