Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2700 nafarga yaqinlashmoqda

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2700 nafarga yaqinlashmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, jami 17 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi esa 21 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 9 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 51 yoshda, yoshi kichigi 16 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlaridan 3 nafardan, Farg‘ona viloyatidan 2 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahridan 1 nafardan.

Shunday qilib, poytaxtimizda shu paytga qadar 980 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 997 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2685 nafarga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring