Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalinishlar soni nega ko‘paydi? — Mutaxassis javobi

Koronavirusga chalinishlar soni nega ko‘paydi? — Mutaxassis javobi

Foto: «RIA Novosti»

AQShning bosh infeksionisti Entoni Fauchi 100 millionga yaqin amerikaliklar hali ham koronavirusga qarshi emlanmaganini va so‘nggi paytlarda mamlakatda kasallanishning keskin ko‘payishi aynan shu fuqarolar bilan bog‘liqligini ta’kidladi.

«Agar kasallanishlar soni ko‘payishiga qarasangiz, oxirgi haftada o‘rtacha kunlik ko‘rsatkich sezilarli darajada oshganini ko‘rasiz. Nima qilishimiz kerakligini yaxshi bilasiz — va biz uni qayta-qayta takrorlaymiz. Haqiqat shundaki, mamlakatda vaksinatsiya huquqiga ega, lekin emlanmagan 100 million kishi bor. Biz ana shu emlanmaganlar orasida kasallikka chalinish holatini kuzatyapmiz», — dedi Fauchi ABC News telekanaliga bergan intervyusida.

Uning ta’kidlashicha, o‘tkazilgan alomatlar og‘irligi nuqtai nazaridan, AQSh aholisining ushbu guruhi «ayniqsa, himoyasiz», chunki emlanganlar «asosan kasallikning og‘ir bosqichidan himoyalangan». Fauchining fikricha, hozirgi sharoitda COVID-19 dan emlanmagan amerikaliklar koronavirusning qayta-qayta tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa «oxir-oqibat, barchaga ta’sir qilyapti».

Washington Post gazetasi mutaxassislarga tayanib prognozni e’lon qildi. Unga ko‘ra AQShda koronavirus bilan kasallanish holatlarining kunlik ko‘payishi avgust oyida 140-300 minggacha o‘sishi mumkin. Mutaxassislarning aytishicha, faqat oxirgi bir haftada mamlakatda o‘rtacha kunlik kasallanish darajasi 60%ga oshgan.

Eng jiddiy holat AQShning Florida shtatida kuzatilmoqda. U yerda AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari (CDC) ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba kuni har kuni infeksiyaga chalinganlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi — 21 683 kishi.

AQSh koronavirus bilan kasallanganlar soni va o‘lganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Xopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 34,9 milliondan ortiq odam virusga chalingan, 613 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring