Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi 141 xil vaksina: kafolat yo‘q, ammo umid bor...

Koronavirusga qarshi 141 xil vaksina: kafolat yo‘q, ammo umid bor...

Foto: RT

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesusning aytishicha, dunyo olimlari koronavirusga qarshi 141 xil vaksina ustida sinovlar o‘tkazishmoqda.

Bu dorilarning hech biri virusdan to‘liq himoyalashiga kafolat yo‘q, biroq umid bor, dedi tashkilot rahbari «The Washington Post»da chiqqan maqolasida. Gebreyesus ayrim olimlarni alohida ta’kidlarkan, ular muvaffaqiyatga erishishiga sanoqli oylar qolganiga umid bildirdi.

Tedros Adhanom Gebreyesus. Foto: «Dv.ee»

«AQSh, albatta, JSST tashkil etilganidan beri eng muhim hamkorlardan edi. Dunyodagi millionlab insonlarning hayotini yaxshilash uchun birgalikda ishlaganmiz», — deyiladi maqolada.

Sog‘liqni saqlash tizimidagi inqirozni bartaraf etishda jahon hamjamiyati nechog‘liq hamkorlikka muhtojligini koronavirus pandemiyasi ham ko‘rsatdi. Gebreyesus qo‘shimcha qilishicha, koronavirus haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilanoq unga qarshi vaksina ishlab chiqishga kirishilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring