Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni o‘ldiradigan niqob yaratildi

Koronavirusni o‘ldiradigan niqob yaratildi

Foto: «BFMTV»

Fransiyada koronavirusni zararsizlantiradigan niqob yaratildi. Bu haqda «BioSerenity» kompaniyasi ma’lum qildi.

BFMTV telekanalining xabariga ko‘ra, himoya vositasini Lill universiteti shifoxonasi, Fransiya salomatlik va tibbiy tadqiqotlar milliy instituti hamda ilmiy tadqiqotlar milliy markazi mutaxassislari birgalikda ishlab chiqdilar.

Ma’lum qilinishicha, niqob havodagi viruslarni bloklab, halok qiladi. Ushbu bir martalik himoya vositasidan 40 soatgacha foydalanish mumkin.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, virusni yo‘q qilish samaradorligini maxsus to‘qima qatlami ta’minlaydi. U virusni ikkita molekula — siklodestrin va to‘rtlamchi ammiak yordamida yo‘q qiladi.

Niqob 16-fevraldan sotuvga chiqarilgan. Narxi — 1,49 yevro. Keyinchalik ishlab chiqaruvchilar niqobning «jarrohlik namunasini» ishlab chiqarib, 44 sentdan sotishni rejalashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring