Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusni yuqtirganlar soni yarim milliondan oshdi — «Worldometers»

Koronavirusni yuqtirganlar soni yarim milliondan oshdi — «Worldometers»

Foto: «Reuters»

Bugun, 26-mart kuni, ayni daqiqalarga kelib, jahon bo‘yicha koronavirus (COVID-19) kasalligi aniqlangan insonlar soni 510 018 nafarga yetdi. Bu haqda «Worldometers» ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kasallik oqibatida vafot etganlar soni 23 010, kasallikdan tuzalganlar soni 122 232 nafarni tashkil etmoqda.

Kasallik eng ko‘p aniqlangan mamlakatlar: Xitoy, Italiya, AQSh, Ispaniya, Germaniya, Eron, Fransiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya hamda Janubiy Koreya.

Bugungi sanada eng ko‘p o‘lim holatlari Italiya (662 nafar), Ispaniya (498 nafar) va Eron (157 nafar)da qayd etildi.

O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlarda: O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan insonlar soni — 65 nafar, Qozog‘istonda — 111 nafar (bir inson vafot etgan, ikki nafar bemor tuzalib ketgan), Qirg‘izistonda — 44 nafar,  Afg‘onistonda — 84 nafar (ikki inson vafot etgan, ikki nafar bemor tuzalib ketgan).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring