Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning yangi o‘chog‘i e’lon qilindi — JSST

Koronavirusning yangi o‘chog‘i e’lon qilindi — JSST

Foto: «Anadolu Agency»

Janubiy Amerika koronavirusning yangi epitsentriga aylandi.  Bu haqda JSST sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan ma’lum qildi.

Braziliya — materikda koronavirusdan eng ko‘p jabr ko‘rgan mamlakat. Koronavirusni yuqtirganlar soni 310 ming kishidan oshib ketib, Braziliya kasallar soni bo‘yicha jahonda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Rayanning ta’kidlashicha, mintaqadagi vaziyat o‘ta tashvishli — Lotin Amerikasi mamlakatlarida kasallikni yuqtirish bo‘yicha holatlar ko‘payib boryapti.

Koronavirusni yuqtirganlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Peru — 108 ming nafar bemor. Chilida 61 kishi, Ekvadorda 35 ming kishiga kasallik yuqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring