Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning yangi shtammi yana bir pandemiya to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin

Koronavirusning yangi shtammi yana bir pandemiya to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin

Olimlar muhim bayonot bilan chiqishdi: Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan SARS-CoV-2 koronavirusining yangi turi pandemiyaning yangi to‘lqinini keltirib chiqarishi mumkin. Yangi qat’iy cheklov choralarini ko‘rish orqali ushbu xavf-xatarni to‘xtatish mumkin, deb xabar beradi «Sciencemag.org».

«V.1.1.7» deb nomlangan SARS-CoV-2 koronavirus shtammi ilk bor 2020 yil dekabr oyida olimlar e’tiborini jalb qilgan. U Angliyaning janubi-sharqida paydo bo‘lib, tezda butun Britaniyaga tarqaldi. O‘sha paytdan boshlab odamlar virusning yangi shtammini boshqa mamlakatlarga tarqatishmoqda.

Shu tariqa mutaxassislar yangi shtammning reproduktiv soni, ya’ni har bir yangi kasallangan odamlarning o‘rtacha sonini hisoblab chiqishdi.

U SARS-CoVning boshqa variantlariga qaraganda 50-70% ko‘proq bo‘lib chiqdi.

Olimlarning izohlashicha, yangi shtamm o‘zining «super qobiliyati»ga ko‘p sonli mutatsiyalar tufayli erishdi. Ularning sakkiztasi inson hujayrasiga kirib borishda hal qiluvchi hisoblangan virus oqsilini kodlovchi genda yuz bergan.

Hozircha «V.1.1.7» boshqa shtammlarga qaraganda og‘irroq kasalliklarni keltirib chiqarishi to‘g‘risida hech qanday ma’lumot yo‘q. Ammo bu tasalli bo‘lolmaydi. Agar yuqtirganlar soni bir necha bor ko‘paysa, o‘lim holati yoki bir umrga sog‘lig‘ini yo‘qotganlar soni ham ko‘payadi.

«V.1.1.7»ning tarqalishiga qarshi turish uchun yangi va qat’iy cheklov choralariga zarurat tug‘iladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring