Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada vaziyat jiddiy: shahar hokimiyati yangi cheklovlar kiritmoqda

Moskvada vaziyat jiddiy: shahar hokimiyati yangi cheklovlar kiritmoqda

Moskva shahri meri Sergey Sobyanin koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish darajasi yuqori bo‘lganligi sababli poytaxtda yangi cheklovlarni joriy etishga qaror qildi.

Qarorga ko‘ra, 15-iyundan 20-iyungacha ish haqi saqlanib qolgan holda dam olish kuni deya e’lon qilindi. Ish beruvchilarga kamida 30 foiz xodimlarni masofaviy ish formatiga o‘tkazish tavsiya etiladi.

Ertadan 20-iyungacha hayvonot bog‘lari, bolalar o‘yingohlari va ovqatlanish maskanlari faoliyati to‘xtatiladi. Tungi klublar, restoranlar, barlar va kafelar faqat soat 23.00 gacha va ertalab soat 6.00 dan boshlab ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz kuni kecha Moskvada 6 701 kasallanish kasalligi qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring