Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mutaxassis smartfonni koronavirusdan ehtiyot qilish usulini ma’lum qildi

Mutaxassis smartfonni koronavirusdan ehtiyot qilish usulini ma’lum qildi

Foto: «Ok.ru»

Koronavirus pandemiyasi davrida nafaqat qo‘llarni, balki smartfonlarni ham dezinfeksiyalab turish kerak. Chunki ular virus va mikroblar tashuvchisi hisoblanadi. Bu haqda 14-oktyabr, chorshanba kuni «Sputnik» radiosiga bergan intervyusida gadjet va texnologiyalar haqidagi DGL.ru portali muharriri Lyudmila Murzina ma’lum qildi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, doimo yoningizda bo‘ladigan smartfon dezinfeksiyalanmasa, infeksiya, xususan, COVID-19 qo‘lga o‘tadi.

«Koronavirus ham unda bo‘lishi mumkin. Eng muhim himoya — muntazam tozalab turish. Smartfonni ham xuddi qo‘l kabi yuvish yoki dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov berish kerak», — deydi Murzina.

Lyudmila smartfonlarning bir qancha yangi modellari suv o‘tkazmaslik xususiyatiga ega ekanligini eslatib qo‘ydi.

«Agar sizning smartfoningiz suv o‘tkazmasa, shunchaki kran ostida oqar suvda yuvsangiz ham bo‘ladi. Faqat himoya darajasi IP68 dan past bo‘lmasligi kerak», — deya ta’kidlaydi ekspert.

Murzinaning so‘zlariga ko‘ra, barcha gadjetlarga mos keladigan maxsus spirtli eritma bilan standart ishlov berish ekran va korpusning oleofob qoplamasiga zarar yetkazishi hech gap emas. Biroq mazkur holatda epidemiologik xavfsizlik masalasi birinchi o‘ringa ko‘tarilishi kerak. Shu bois maxsus dezinfeksiyalovchi vositani xarid qilish tavsiya etiladi. Faqat uning tarkibidagi spirt miqdori 60 foizdan kam bo‘lmasligi lozim.

Yaqinda olimlar pul va smartfon ekranida koronavirusning qancha yashashini ma’lum qilishgandi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, koronavirus xona haroratida buyumlarning silliq yuzasida 28 kungacha yashashi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring