Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mutaxassis yuqori havo haroratida virus faolligi nega pasaymaganiga izoh berdi

Mutaxassis yuqori havo haroratida virus faolligi nega pasaymaganiga izoh berdi

Illyustrativ foto

AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov koronavirus infeksiyasi borasida aholidan tushgan savollarga javob qaytardi.

— Nega yuqori havo harorati va past namlikda ham COVID-19 faolligi pasaymayapti, aksincha kasallanish holatlari ko‘payib bormoqda? Kasallik boshlanganda yuqori harorat va past namlikda kasallik kamayishi aytilgan edi?

— Statistikaga ko‘ra, COVID -19 tarqalishi mamlakatlarda har qanday iqlim va namlikda yuz berishi mumkin.

Mutaxassislar bu holatni ko‘pincha virus tarqalishiga qulay sharoit bo‘lgan binolarda kuzatilishi bilan izohlashadi.

Yuqori havo harorati, quyosh nurining to‘g‘ri tushishi, quruq havo virusni o‘ldirishi isbotlangan va bu borada muhokamaga o‘rin yo‘q.

Ta’kidlash lozimki, COVID-19 qo‘zg‘atuvchisi o‘ta yashovchan va eng kichik sharoit mavjudligida ham oson tarqaladi.

Shuning uchun infeksiyani faqat aytib o‘tilgan profilaktika qoidalariga rioya qilgan holda yengish mumkin.

Bundan tashqari, inson tanasi temperaturasi atrof-muhitdagi sharoitga bog‘liq emas va normada 36,6°S ni tashkil etadi. Bu ham  koronavirusni organizmda ko‘payishini yengillashtiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring