Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiydagi karantindagilar manziliga kuzatildi. Ularning hech birida kasallik aniqlanmadi (foto)

Navoiydagi karantindagilar manziliga kuzatildi. Ularning hech birida kasallik aniqlanmadi (foto)

Foto: Navoiy viloyat hokimligi axborot xizmati

18-mart kuni Misrdan maxsus aviareys bilan Navoiy shahriga keltirilgan, respublikamizning turli viloyatlaridan bo‘lgan 181 nafar fuqaro bugun, 2-aprel kuni o‘z uylariga tantanali tarzda kuzatildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Navoiy viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Navoiy viloyat hokimligi axborot xizmati

Karmana tumani hududidagi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli sog‘lomlashtirish markazida davom etgan 14 kunlik karantinda yurtdoshlarimiz bilan birga bo‘lgan 22 nafarlik shifokorlar guruhi ham navbatdagi ta’tilga chiqarildi.

Foto: Navoiy viloyat hokimligi axborot xizmati

«Ikki hafta davom etgan karantin davrida kuzatuvga olinganlar belgilangan muddatda zarur tibbiy muolajalar, shaxsiy gigiyena va himoya vositalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlandi. Kuzatuv va karantin davrida ularning birortasida kasallik alomatlari aniqlanmadi. Barchalari sog‘lom va yaxshi kayfiyatda», — deydi Navoiy viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i F.G‘afforov.

«Biz avvalo muhtaram Prezidentimizdan bir umrlik minnatdormiz! Mana shu yerda o‘tgan 14 kunlik davrim shaxsan menga ko‘p narsalarni anglashga imkon berdi.  Vatan, mehr-muruvvat va eng asosiysi hayotimning qadrini yana bir bor teranroq tushunib yetdim. Barcha shifokorlarimiz doim omon bo‘lsinlar, — deya o‘z hissiyotlarini yashirmadi samarqandlik fuqaro.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Navoiy viloyatidagi 8 ta sihatgohda  529  nafar fuqaro umumiy karantin nazoratiga olingan. Bundan tashqari, 2808 nafar fuqaro uy karantinida shifokorlar nazoratida.

Koronavirus infeksiyasi aniqlanib, Navoiy shahrida davolanayotgan ikki nafar fuqaro (ona va o‘g‘il) esa Navoiy viloyatiga Toshkent shahridan mehmon sifatida kelganlarida ularda kasallik belgilari borligi aniqlanib karantinga olingan va shifoxonaga yotqizilgan. Har ikkala bemor ham Toshkent shahri Bektemir tumanida doimiy yashab kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring