Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Niderlandiyada 101 yoshli onaxon koronavirusdan tuzaldi

Niderlandiyada 101 yoshli onaxon koronavirusdan tuzaldi

Foto: NL Times

Niderlandiyada nashr etiladigan NL Times gazetasi xabariga ko‘ra, 101 yoshga to‘lgan ayol koronavirusning yangi turini yuqtirganidan so‘ng tuzalib, kasalxonadan chiqarildi.

«U jasur ayol, uning ijtimoiy qoidalarga qanday rioya qilayotganini ko‘rish juda quvonarli», deydi shifoxona pulmonologi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar bu bemorning tuzalishidan juda mamnun bo‘lishgan.

Seshanba kuni Niderlandiya Bosh vaziri Mark Rutte koronavirus pandemiyasi oldini olish bo‘yicha cheklovlar mamlakatda kamida 28-aprelgacha uzaytirilishini e’lon qildi.

JSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 846 mingdan ortiq infeksiya yuqtirish holati qayd etilgan, 41 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring