Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodavlat tibbiyot tashkilotlarining koronavirus bemorlarini davolash muddati uzaytirildi

Nodavlat tibbiyot tashkilotlarining koronavirus bemorlarini davolash muddati uzaytirildi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga shoshilinch profilaktika va epidemiyaga qarshi choralar ko‘rilishini talab qiluvchi yuqumli kasalliklar qatoriga kiritilgan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish huquqi 2022-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirildi.

Shuni unutmaslik kerakki, nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko‘rsatish, koronavirus infeksiyasiga PZR va ekspress-test tekshiruvlari o‘tkazish faqatgina Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tegishli talablar asosida amalga oshiriladi.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan tuzadigan shartnomalariga muvofiq, davolash ishlarini amalga oshirish va sanitariya qoidalariga rioya qilish hamda tegishli hisobotlarni muntazam topshirib borish vazifasi yuklatildi.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlariga koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan shaxslarni davolash ishlarini www.bemor.ssv.uz dasturida olib borish majburiyati asosida amalga oshirish belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oyda O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanishlar soni o‘sdi. Maxsus komissiya qarori bilan Turkiya, Hindiston kabi koronavirus ko‘payayotgan hududlarga aviaqatnovlar ham cheklandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring