Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nyu-York plyajlarida cho‘milishga ruxsat berildi

Nyu-York plyajlarida cho‘milishga ruxsat berildi

Foto: «RIA Novosti»

Nyu-Yorkdagi plyajlarga tashrif buyuruvchilarga birinchi iyuldan cho‘milishga ruxsat berildi, deya ma’lum qildi Nyu-York meri Bill de Blazio.

Avvalroq «Wall Street Journal» nashri yaqin kunlarda plyajlar ochilishini e’lon qilgandi.

«Mish-mishlar haqiqat: Nyu-York plyajlari 1-iyuldan cho‘miluvchilar uchun ochiladi. Ehtiyot choralarini ko‘raylik: ijtimoiy masofa saqlaylik, hatto, plyajda ham yuzimizni yopaylik», — deb yozadi mer «Twitter»da.

Koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun cho‘milish taqiqlab qo‘yilgandi. Odamlarga plyajlarda faqat oftobda qorayish va dam olishga ruxsat berilgandi. Oldinroq shahar hokimi hukumat barcha cheklovlarni olib tashlash cho‘milishni xohlovchilarni jalb qilishidan xavotirda ekanligini aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring