Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar koronavirus yuqish xavfini uch baravar kamaytiradigan kasallikni aniqlashdi

Olimlar koronavirus yuqish xavfini uch baravar kamaytiradigan kasallikni aniqlashdi

Foto: «RIA»

Bronxial astmadan qiynalayotgan odamlarda koronavirusga chalinish xavfi kamroq, deyiladi isroillik olimlarning «ScienceDirect» portalida e’lon qilingan tadqiqotida.

Tadqiqot mualliflaridan biri, doktor Yujin Merzonning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislarning xulosasini izohlaydigan uchta faraz mavjud.

Birinchidan, nafas olish yo‘lidagi allergiya SARS-CoV-2 hujayraga kirish nuqtasi sifatida foydalanadigan angiotenzinga o‘zgaruvchi ferment 2 (ASE2)ning sezilarli darajada kamayishi bilan bog‘liq.

Ikkinchidan, astmadan qiynaluvchi aksariyat bemorlar ingalyasion kortikosteroidlardan foydalanishadi: bu koronavirus replikatsiyasini kamaytirishi mumkin.

Olimlar bunday bemorlarda ijtimoiy omil ham ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashmoqda.

«Ular katta ehtimol bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, gigiyena qoidalaridan iborat yo‘riqnomasiga amal qilishadi», — deya izohlaydi Merzon.

Shifokorlarning fikricha, tadqiqot oldindan kasalligi mavjud bo‘lgan aholining muayyan guruhlari uchun alohida tavsiyalar ishlab chiqishda qo‘l kelishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring