Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimpiadaga jiddiy xavf solmoqda

Olimpiadaga jiddiy xavf solmoqda

Foto: «News.myseldon.com»

Hozirda Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilayotgan Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish tez sur’atlarda ko‘payib borayotgani haqida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Ren-TV.

Aniqlik kiritilishicha, COVID-19 bilan kasallangan yangi bemorlarning kunlik ko‘payishi 10 000 dan oshdi. Bu butun pandemiya davomida Yaponiya uchun eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Olimpiadada xizmat ko‘rsatayotgan fuqarolar orasida 50 ga yaqin holat qayd etilgan.

Epidemiologik vaziyatning yomonlashuvi fonida niqob va qo‘lqop kiygan yapon fuqarolari Olimpiya o‘yinlarini to‘xtatishni va qattiq karantin joriy etishni talab qilib, norozilik namoyishlari uyushtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring