Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 25 mingdan ortiq kishi koronavirusdan tuzaldi

O‘zbekistonda 25 mingdan ortiq kishi koronavirusdan tuzaldi

SSV axborotiga ko‘ra, bugun ayni vaqtga qadar mamlakatimizning 6 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1 016 nafari sog‘aydi.

Jumladan, Toshkent shahrida 720 nafar, Toshkent viloyatida 215 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 47 nafar, Andijon viloyatida 14 nafar, Namangan viloyatida ham 14 nafar, Navoiy viloyatida 6 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Shunday qilib, yurtimizda 25 106 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring