Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda koronavirus izg‘ib yuribdi: o‘tgan bir kun sarhisobi

O‘zbekistonda koronavirus izg‘ib yuribdi: o‘tgan bir kun sarhisobi

Shu yilning 14-iyul kuni mamlakatimizda 494 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 303 nafari karantin muassasalarida, 191 nafari aholi orasida aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, bugun Andijon, Navoiy, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 297 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 14085 nafar bemordan 8327 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5691 nafar bemordan 52 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 55 657 nafar, statsionar karantinda esa 22 585 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring