Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga olib kelingan vaksinalar soni yil oxirigacha 47 million dozadan oshadi

O‘zbekistonga olib kelingan vaksinalar soni yil oxirigacha 47 million dozadan oshadi

Foto: SSV matbuot xizmati

Mamlakatimizga joriy yilning oktyabr oyida COVAX dasturi doirasida Pfizer-BioNTech vaksinasidan 800 ming doza va Sinovac vaksinasidan 1,7 mln. doza olib kelish ko‘zda tutilgan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatimizning o‘zida 15,5 million doza ZF-UZ-VAC2001 hamda 633 ming dozadan ortiq ikki komponentli «Sputnik V» vaksinalari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Umumiy hisobda 18,9 million dozadan ortiq vaksina kelgusida emlash jarayonlarida qo‘llash uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga yetkaziladi.

Hozir yurtimizda emlash boshlanganidan beri 28 687 988 doza vaksina keltirilgan bo‘lib, yil oxirigacha bu ko‘rsatkich 47 million dozadan oshishi rejalashtirilgan.

Ushbu miqdor bilan O‘zbekiston aholisining 17,4 million nafarini to‘liq emlash mumkin bo‘ladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring