Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pandemiya uzoqqa bormaydi: Xitoyda koronavirus to‘xtashini oldindan aniq aytgan olimdan javob

Pandemiya uzoqqa bormaydi: Xitoyda koronavirus to‘xtashini oldindan aniq aytgan olimdan javob

Foto: «Getty Images»

Global koronavirus pandemiyasi qancha vaqt davom etadi? Xitoyda koronavirus epidemiyasi qachon to‘xtatishini deyarli aniq topgan olim, Nobel mukofoti sohibi Maykl Levitt buni ham hisoblab chiqdi.

Maykl Levitt Xitoydagi pandemiya qachon to‘xtatishini 98 foiz aniqlikda aytib bergandi.

Yaxshi xabar

72 yoshli biofizik olimga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi, ko‘pchilik kutganidan ko‘ra, ertaroq tugaydi.

Levitt kuniga 50 dan ortiq koronavirus yuqtirish holatlari kuzatilayotgan 78 mamlakatdagi vaziyatni o‘rganib, hisoblab chiqdi. Kundalik kuzatuvlar kasallikni yuqtirish holatlari muntazam pasayib borayotganini ko‘rsatmoqda.

«Raqamlar hali ulkan, ammo pasayishdan umid qilishimiz uchun aniq signallar bor», — dedi olim.

Rasmiy statistika ma’lumotlari pasaytirib ko‘rsatilgan yoki noaniq bo‘lishi ehtimolini ham Levitt nazardan qochirmadi, uning ta’kidlashicha, baribir shu holatda ham yuqoridagi faktor o‘z kuchida qoladi.

Pandemiya tez orada tugashiga Levittning ishonchi komil. Biz vahimaga berilmasak bas, qolgani joyida bo‘ladi, ta’kidlaydi u.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning fevral oyi boshida Maykl Levitt hamkasblari bilan taqdim etgan hisobotda Xitoyda yangi turdagi koronavirus tarqalishi o‘z cho‘qqisiga chiqib bo‘lgani, koronavirusni yuqtiruvchilar va undan vafot etuvchilar soni yaqin haftalarda sezilarli darajada qisqarishi ko‘rsatilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring