Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pandemiyaning dahshatli oqibatlari

Pandemiyaning dahshatli oqibatlari

Foto: «CU Boulder»

Boulderdagi Kolorado universiteti olimlari antibiotiklarga chidamli mikroblarga qarshi kurashishning yangicha usulini yaratish ustida bosh qotirishmoqda.

2050-yilga kelib chidamli infeksiyalar tufayli yiliga 10 millionlab odamlar halok bo‘lishi mumkin. COVID-19ni davolash maqsadida antibiotiklarning ko‘p ishlatilishi natijasida xavfli bakteriyalar tarqalishi tezlashadi. Pandemiyaning dahshatli oqibatlari «PLOS Pathogens» jurnalida keltirilgan. Bu haqda «MedicalXpress» xabar berdi.

Infeksiyalarga qarshi kurashishda yordam beradigan yangi molekulalarni topish uchun tadqiqotchilar SAFIRE usulidan foydalanishdi. 14,400 nomzod orasidan eng istiqbolli 70 tasi tanlab olindi. Ulardan biri — JD1, ayniqsa, grammusbat bakteriyalarga qarshi samarali bo‘lib chiqdi. Ushbu bakteriyalar qo‘shimcha tashqi qatlamga ega bo‘lib, ularni antibiotiklardan himoya qiladi. Biroq birlamchi immun reaksiya JD1ning mikroblar ichiga kirib, membranasiga ta’sir qilishiga yordam beradi.

Tajribalar chog‘ida JD1 grammanfiy Salmonella enterica bakteriyalarining yashovchanlik qobiliyatini 95 foizga kamaytirdi. Bunda sutemizuvchilarning hujayralariga zarar yetmagan.

Birgina AQShda yiliga 35000 kishi mavjud dori-darmonlarga chidamli bakterial infeksiyalar tufayli vafot etadi. Boshqa ko‘plab odamlar angina, pnevmoniya va siydik yo‘llari infeksiyalari kabi davolash qiyin bo‘lgan yuqumli kasalliklardan aziyat chekishadi. Mualliflarning ta’kidlashicha, 2050-yilga kelib saraton kasalligidan ko‘ra ko‘proq odamlar bakteriyalar sababli olamdan o‘tishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring