Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pensionerlarning qarzdorlik summasi hisobdan chiqariladi

Pensionerlarning qarzdorlik summasi hisobdan chiqariladi

Foto: Xabar.uz

«Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident farmoni e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.

Farmonga ko‘ra, pensiyalar to‘g‘ri tayinlanishi hamda to‘lanishi bo‘yicha tekshirishlar natijasida aniqlangan, ortiqcha to‘langan pensiyalar bo‘yicha 2020-yil 20-aprel holatiga pensionerlarning qarzdorlik summasi hisobdan chiqariladi.

2020-yil 1-maydan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga (Davlat budjeti hisobidan pensiya oluvchi shaxslardan tashqari) pensiyalar to‘lovi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring