Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxtda yana ikki o‘lim: homilador va kasallik og‘ir kechgan ayol koronavirus qurboni bo‘ldi

Poytaxtda yana ikki o‘lim: homilador va kasallik og‘ir kechgan ayol koronavirus qurboni bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashagan 35 yoshli Z.X. (ayol) 15–20-iyul kunlari shahar 7-son tug‘ruq kompleksida «3-homiladorlik, ikki tomonlama pnevmoniya, kamqonlik» tashxisi bilan statsionar sharoitida davolangan.

SSV xabariga ko‘ra, unda «COVID-19» infeksiyasi tasdiqlangach, 20-iyul kuni shahar 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘tkazilgan. 

Ushbu shifoxonada unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Shuningdek, Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashagan 64 yoshli A.A. (ayol)da joriy yil 17-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi hamda ikki tomonlama pnevmoniya  tashxisi bilan Virusologiya ITI klinikasiga yotqizilgan.

Xastalik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligi va semizlikning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Mutaxassislar tomonidan reanimatsion choralar ko‘rilganiga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda o‘pka shishidan vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring