Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Professor Anvar Alimov koronavirus qachon o‘z kuchini yo‘qotishini ma’lum qildi

Professor Anvar Alimov koronavirus qachon o‘z kuchini yo‘qotishini ma’lum qildi

Anvar Alimov

Foto: «Kun.uz»

Sog‘liqni saqlash vazirligi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Anvar Alimov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda mutaxassis «immunoferment tahlillari asosida odam immuniteti nechi bo‘lganida koronavirusga nisbatan aholining barqarorligi paydo bo‘ladi?» degan savolga quyidagicha javob qaytardi:

«Immunoferment tahlillari asosida organizmda immunitetning ta’sirini va qayta kurashish qobiliyatini o‘rganish jarayonida Rossiya federatsiyasi aniqladiki, kasallik ularda hozirda aholining 5 foizigacha tashkil etgan holatda ulardagi o‘rganilgan guruhlardagi immunitet 13 foizni tashkil etmoqda. Bizda ham bunday tahlillar boshlangan. O‘ylaymanki, dunyo statistikasi shunaqa: aholining 60 foizida immunitet paydo bo‘lsa, pandemiya holati yuzaga kelmaydi. Va koronavirus oddiy boshqariluvchi virus toifasiga o‘tadi. Bunda vaksinatsiya ham juda katta omil hisoblanadi», — dedi professor Anvar Alimov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring