Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya Arabistonida mudhish rekord qayd etildi

Saudiya Arabistonida mudhish rekord qayd etildi

Foto: «Happymuslims.com»

Saudiya Arabistonida koronavirusga chalinganlar soni ilk bor bir kecha-kunduzda  4,5 ming kishidan oshdi, deya xabar berdi qirollik sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir kecha-kunduzda qirollikda 4507 ta yangi yuqtirish holati qayd etilgan bo‘lib, bu kunlik rekord natija hisoblanadi. Bir kun oldingi ko‘rsatkich 4233 tani tashkil etgandi.

Saudiya Arabistonida jami 132 048 kishida COVID-19 aniqlangan bo‘lib, ulardan 87 890 nafari tuzaldi, 1011 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Saudiya Arabistoni hali ham koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha arab mamlakatlari orasida birinchi o‘rinda. May oyining oxirida Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus tufayli joriy etilgan cheklov qoidalari yumshatilganini e’lon qilgandi. Jumladan, butun mamlakat bo‘ylab komendantlik soatlari qisqartirildi, savdo markazlari va do‘konlar ochildi, Makkadan tashqari butun qirollik bo‘ylab masjidlarda juma namozlari o‘qila boshladi. Biroq kasallanishlar soni yana ko‘paya boshlagach, Saudiya Arabistoni hukumati 6-iyundan boshlab ikki hafta davomida qirollikda kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Jidda shahrida soat 6:00 dan 15:00 gacha komendantlik soatlarini joriy etishga qaror qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring