Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor COVISHIELO vaksinasi ta’siri bilan o‘rtoqlashdi

Shifokor COVISHIELO vaksinasi ta’siri bilan o‘rtoqlashdi

Foto: “Partygorsk.com”, illyustrativ foto

Birinchi kun.

Aprelning ilk kunidan aholiga COVIDga qarshi emlash ishlari boshlandi. Aholi orasida nega vrachlar o‘zi birinchi olmayapti qabilida har xil savollar tarqaldi. Shu sababli men kutib o‘tirmay vaksina olishga qaror qildim.

Poliklinikamizda ikki xil vaksina bor. Men olimlarimizga va davlatimizga to‘liq ishongan holda COVISHIELO (Xindiston) vaksinasini tanladim.

Bugun soat 12:30 da shu vaksinani oldim. (6-aprel)

Maqsadim Kovid bilan kasallanishning oldini olish va vaksina tasirini o‘zimda sinab ko‘rish edi. Chunki internetda juda ko‘p salbiy fikrlar bildirildi. Mana endi men har kuni ahvolimni kuzatib boraman va sizlar bilan o‘rtoqlashaman.

Vaksina olishdan oldin Trombopol 150 tabletkasidan icha boshladim. Uni 14 kun davomida ichaman.

Qornim to‘q edi.

Vaksina olish vaqtida igna kirganini sezdim, xolos.

Hozir soat 19:00 — umumiy ahvolim yaxshi. Tana haroratim, qon bosimim me’yorda.

Vaksina olgach kechgacha ishladim. Xudoga shukur, yaxshiman!

Ikkinchi kun. (7-aprel)

Xo‘sh bir sutka ichida nimalar kuzatildi?

O‘tgan kuni kechga tomon soat 23:00 larda isitmam ko‘tarildi. Varaja his qildim. O‘lchaganimda tana haroratim 38,0°S chiqdi.

1 dona Mig ( Ibuprofen 400 mg) qabul qildim.

Ertalab ahvolim yaxshi edi. Ishga bordim, bemorlarga yordam berdim. Tushdan keyin yana varaja his qildim.

Yo‘tal, tomoq og‘rig‘i va boshqa alomatlar bezovta qilmayapti.

Hozir soat 19:00, tana haroratim — 37,7°S.

Umumiy ahvolim yaxshi.

Uchinchi kun. (8-aprel)

Bugun ertalabdan ahvolim yaxshi.

Shikoyatlarim yo‘q.

Teri va shilliq pardalar oqimtir. O‘pkada vezikulyar nafas. Saturatsiya 98%. Yurak tonlari aniq. Puls 78 marta uryapti. Qon bosimim 110/70 mm simob ustunida. Qornim og‘rimayapti. Isitmam yo‘q. Tana haroratim 36,6°S.

Hozir ishda navbatchiman.

Samarqand shahar 7-son oilaviy poliklinikasi shifokori Sunbula Orifxonovaning Facebook sahifasidan olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring