Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiy niqoblar haqida: ular rostan virusdan himoya qiladimi?

Tibbiy niqoblar haqida: ular rostan virusdan himoya qiladimi?

Foto:«Xabar.uz»

Nega bugungi kunda jamoat joylarida niqob taqish juda muhim. U haqiqatdan himoya qiladi(mi)?

Tibbiyot fanlari doktori, Rospotrebnadzor epidemiologiya ilmiy tadqiqotlar markaziy instituti bo‘lim boshlig‘i Tatyana Rujensova tibbiy niqoblar to‘g‘risidagi eng muhim savollarga javob berdi:

Virus tibbiy niqob teshikchalaridan o‘tib ketishi mumkinmi?

Tadqiqotlarga ko‘ra, niqob taqqanda kasallik yuqtirish ehtimoli 1,8 barobar kamayadi.

Bilamizki, virus nafas orqali, ayniqsa, yo‘talish, gaplashish chog‘ida ajralib chiqadi va bu zarrachalarni niqob yaxshi ushlab qoladi.

Niqob orqali nafas olish qiyin va zararli. Qanday yo‘l tutish kerak?

Niqob orqali nafas olish qiyin emas.

Agar biror turdagi niqob noqulaylik tug‘dirsa, boshqa materialdan tayyorlangan niqob va respiratorlardan foydalanib ko‘rish kerak.

Ba’zi insonlar muayyan materialga ta’sirchan bo‘lishi mumkin. Oddiy uch qavatli bir martalik niqob, ko‘p martalik, hujjat va sertifikatga ega niqob va respiratorlardan birini tanlash lozim.

Niqoblar turi orasida respiratorlar klapanli va klapansiz bo‘lishi mumkin. Agar biz klapanli respiratordan foydalansak, nafas chiqarish jarayoni to‘siqsiz amalga oshadi va nafas uchun yengillik hosil bo‘ladi.

Ammo bunda bemordan infeksiya tarqalishida ham to‘siq bo‘lmasligini unutmaslik lozim.

Shuning uchun agar inson kasallikka chalingan yoki tashuvchi bo‘lsa, klapanli respiratordan foydalanmasligi zarur.

Respiratorning yuz qismida qulay joylashishi, tirqishlar qolmasligiga e’tibor bering.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring