Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda koronavirusni yuqtirganlar soni qariyb yuztaga ko‘paydi

Tojikistonda koronavirusni yuqtirganlar soni qariyb yuztaga ko‘paydi

Foto: «Rus.ozodi.org»

Payshanba kuni Tojikistonda koronavirus qayd etilgan holatlar soni 4289 taga yetdi. Bu bir kun oldingi ko‘rsatkichdan 98 taga ko‘p, deya xabar berdi «RIA Novosti» mamlakatni sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

«Tojikistonda bir kecha-kunduzda koronavirus bemorlari soni 98 nafarga ko‘payib, 4289 kishiga yetdi», — deya ma’lum qilgan agentlik suhbatdoshi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 2401 kishi COVID-19 dan tuzalgan, vafot etganlar soni o‘zgargani yo‘q — 48 ta, shifoxonalarda ushbu tashxis bilan 1418 nafar bemor davolanmoqda, 202 nafari tibbiyot muassasalaridan chiqarilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSSTning oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 6,2 milliondan ortiq kishi kasallikka chalingan, qariyb 380 ming kishi vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring