Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tomat pastasi koronavirusni aniqlashda yordam berdi

Tomat pastasi koronavirusni aniqlashda yordam berdi

Foto: «Daily Mail»

Yangi zelandiyalik sayyoh Joshua Dent koronavirusga chalinganini tomat pastasi yordamida aniqladi, deb yozmoqda «Daily Mail».

Yigitda tumov, holsizlanish, bosh og‘rig‘i kuchaygan va aksincha, ta’m bilish xususiyati yo‘qolgandi.

Joshua Londondan uyiga uchayotgandi. Samolyotda mazasi qochdi. Tumov va bosh og‘rig‘iga qo‘shimcha juda qattiq charchash alomati paydo bo‘ldi.

Koronavirus bilan kasallanganini samolyotda yegulik berishganida payqadi. Tomat pastasining mazasi «o‘zgarib qolgandi».

«Hozir ham esimda: juda bemaza temir ta’mi. Hatto keyin boshqa firmaning tomat pastasini sotib oldim. Baribir o‘sha ta’m. Infeksiya meni meni tark etmagunicha bu ta’mni his etib yurdim», — deydi Dent.

Uning qo‘shimcha qilishicha, boshqa narsalarning, hatto pomidorning mazasi o‘zgarmagandi.

Dent koronavirusdan sog‘ayganidan keyin birinchi qilgan ish tomat pastasi qo‘shilgan buterbrod yeyish bo‘ldi. Bu endi butunlay boshqacha ta’m edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring