Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘raqo‘rg‘on tumanida ilk koronavirusga chalinish holati qayd etildi

To‘raqo‘rg‘on tumanida ilk koronavirusga chalinish holati qayd etildi

30-may kuni soat 9:00 holatiga Namangan viloyatida koronavirus infeksiyaga chalingan bemorlar soni 258 nafarga yetdi.

Yangi qayd etilgan ikki holat To‘raqo‘rg‘on tumanida qayd etildi. Bemorlardan biri 1963-yilda tug‘ilgan erkak, ikkinchisi 1992-yilda tug‘ilgan ayol bo‘lib, har ikki holat ham karantin muasssasasida qayd etilgan. To‘raqo‘rg‘onda bugungacha koronavirusga chalinish holati qayd etilmagandi.

Bugun viloyatda koronavirus infeksiyasini yuqtirganidan keyin davolanib, to‘liq tuzalganlar soni 247 kishini tashkil etmoqda. To‘rt kishi vafot etgan.

Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 7 kishi davolanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring