Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtta hududda yangi bemorlar qayd etildi, ikki kishi qurbon bo‘ldi

To‘rtta hududda yangi bemorlar qayd etildi, ikki kishi qurbon bo‘ldi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 10-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 31 068 (+248) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 116 nafari Toshkent viloyatida, 106 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Samarqand viloyatida hamda 7 nafari Jizzax viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 63 yoshli D.S. (erkak) hamda Qibray tumanida yashagan 80 yoshli X.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytga qadar yurtimizda 22 559 (+517) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring