Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahri va Navoiydagi aholi orasidan virus topildi

Toshkent shahri va Navoiydagi aholi orasidan virus topildi

2020-yil 13-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13360 (+167) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 83 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 75 nafari Toshkent shahrida va 9 nafari esa Navoiy viloyatida barchasi aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytga qadar yurtimizda 7852 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar ( 58 foiz) sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda 5446 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 62 nafar bemor vafot etgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring