Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahri va viloyatida koronavirusning «shashti pasaymayapti»

Toshkent shahri va viloyatida koronavirusning «shashti pasaymayapti»

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 15-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 34 701 (+173) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 147 nafari Toshkent viloyatida hamda 26 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Shayxontohur tumanida yashagan 70 yoshli M.U. (ayol) vafot etdi.

Bugun yurtimizda 1 382 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 30 043 nafarga yetdi.

Hozirda shifokorlarimiz mamlakatimizning barcha hududlaridagi 4 432 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring