Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida ko‘plab kasallangan bemorlar aniqlandi

Toshkent viloyatida ko‘plab kasallangan bemorlar aniqlandi

2020-yil 4-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26 550 (+249) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Toshkent viloyati, 79 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Xorazm viloyatida, yana 14 nafari Navoiy viloyatida, 11 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 17 262 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 127 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 927 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring