Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda rekord natija — bir yo‘la 140 nafar bemor sog‘aydi

Toshkentda rekord natija — bir yo‘la 140 nafar bemor sog‘aydi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Poytaxtimizda bir yo‘la 140 nafar bemor tuzalib rekord natija qayd etildi, yurtimizda jami sog‘ayganlar soni 3227 nafarga yetdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 83 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 34 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida  22 nafar hamda 3-sonli tug‘ruq majmuasida 1 nafar, jami 140 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Koronavirusga qarshi fidoyilik bilan kurashayotgan shifokorlarimizning sa’y-harakatlari tufayli bugunning o‘zida  Toshkent shahridan bir yo‘la 140 nafar bemor ushbu infeksiyadan forig‘ bo‘lib, shu paytgacha kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichlari bo‘yicha rekord natija qayd etildi. Ular orasida 84 yoshli onaxonning ham shifo topgani  yanada quvonarli voqea bo‘ldi.

Shunday qilib, Toshkent shahrida shu paytga qadar tuzalganlar 1234 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda ular 1374 nafarga yetib, davolanayotgan bemorlar 516 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar 3227 nafarga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring