Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada koronavirusga chalinganlar 34 ming kishidan oshdi

Turkiyada koronavirusga chalinganlar 34 ming kishidan oshdi

Foto: «Tourprom.ru»

Turkiyada koronavirusni yuqtirganlar soni bir kecha-kunduzda qariyb 4 ming kishiga ko‘paydi — 30 217 dan 34 109 ga. Umumiy vafot etganlar soni 649 dan 725 kishiga yetdi, deya ma’lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja.

«Bugun 20 023 ta test o‘tkazilib, 3892 ta yangi holat qayd etildi, jami yuqtirganlar soni — 34 109. Biz bugun 76 nafar bemordan ayrildik, jami vafot etganlar soni — 725. Bugun 256 kishi tuzalib, jami 1582 nafarga yetdi», — deb yozadi Koja «Twitter»da.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring