Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmanistonda «koronavirus» so‘zini tilga olish taqiqlandi

Turkmanistonda «koronavirus» so‘zini tilga olish taqiqlandi

Foto: «Google.com»

Turkmanistonda «koronavirus» so‘zi taqiqlandi. Bunga sabab sifatida mamlakatda vahima tarqalishining oldini olish ko‘rsatilgan.

Endilikda «koronavirus» o‘rniga «o‘tkir respirator kasallik» so‘zini ishlatish mumkin. Turkman hukumati COVID-19 pandemiyasi tufayli aholi o‘rtasida ko‘tarilayotgan vahimani bostirishning ta’sirchan choralarini ko‘rmoqda.

Xabarlarda aytilishicha, ushbu so‘z mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ta’lim maskanlari, kasalxonalar, turli korxonalar va kompaniyalarga yuboriladigan maxsus broshyuralardan chiqarib tashlangan.

Sal oldin mamlakat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat majlisida fuqarolarga isiriq tutuni yordamida virusdan himoyalanishni maslahat bergan edi. Yana shuni aytib o‘tish mumkinki, haligacha rasman Turmanistonda «koronavirus» infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar qayd etilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring