Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchta hududda koronavirus aniqlandi. Bemorlarning 9 nafari og‘ir ahvolda

Uchta hududda koronavirus aniqlandi. Bemorlarning 9 nafari og‘ir ahvolda

Foto: «Xabar.uz»

2020-yil 2-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3718 (+16) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining 12 nafari Karantin markazidagi (barchasi Qozog‘iston orqali yurtimizga kirib kelgan) fuqarolar orasida, 2 nafari Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi aholi orasida, qolgan 2 nafari Namangan va Toshkent viloyatlariga xorijdan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2859 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 844 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 9 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring