Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada kundan-kunga ayanchli rekord yangilanmoqda

Ukrainada kundan-kunga ayanchli rekord yangilanmoqda

Foto: «Echokieva.com»

O‘tgan bir kecha-kunduzda Ukrainada 2430 ta koronavirusni yuqtirish holati qayd etildi. Shu bilan birga, bir kun ichida COVID-19 tufayli vafot etganlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Bu haqda Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi koronavirus epidemiyasi tarqalishini monitoring qilish tizimi saytida xabar berilgan.

Bir kecha-kunduzda mamlakatda 54 kishi koronavirus infeksiyasidan vafot etdi. Pandemiya boshlangandan buyon umumiy o‘lim holatlari soni 2710 taga yetdi. O‘lim soni bo‘yicha oldingi antirekord chorshanba kuni o‘rnatilgandi: 2-sentyabrda bir kunda 51 kishi olamdan o‘tgani xabar berilgandi. 1-sentyabr kuni esa 48 ta o‘lim holati qayd etilgandi.

Ukrainada kasallikka chalinganlar umumiy soni 128 228 kishini tashkil etmoqda. Kengash kotibi Aleksey Danilov ukrainlarni agar karantin qoidalariga amal qilmasa, 25-oktyabrgacha COVID-19 bilan kasallanganlar soni mamlakatda 360 ming kishiga yetishidan ogohlantirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring